Oʻzbekistonda 20 ga yaqin bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqarish toʻxtatildi. Bu haqda Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasi rahbari Xasan Rizo maʼlum qildi.
Shuningdek, u Oʻzbekistondagi bolalarning oʻlimidan qattiq afsusda ekanini bildirgan.
“Oʻlim holatlaridan afsusdamiz, hukumat tergov oʻtkazmoqda. Uning natijalaridan kelib chiqib, tegishli choralarni koʻramiz. Namunalar olingan. Ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan, qolgan jarayonlar davom etmoqda”, — deydi Xasan Rizo.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq SSV Oʻzbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan zaxarlangan 18 nafar bola vafot etgani haqida bayonot bergan edi. Shundan soʻng, 29-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida ham yana 1 nafar bola vafot etgani, shuningdek, Hindiston hukumati “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling