Foto: UzA
Hindiston hukumati “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqargan “Marion Biotech” kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, surishtiruv Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Hindiston hukumati Oʻzbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot soʻragan.
Avvalroq, Qashqadaryoda "Dok-1 Maks" siropidan bir yoshli bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.