Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda parlament raisi oʻrinbosari, OʻzXDP raisi Ulugʻbek Inoyatov kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikrini bildirmoqchi boʻlgan deputatga soʻz bermagani aks etgan videoyozuv tarqaldi.
Deputat oʻrnidan turib, oʻz fikrini bildirmoqchi boʻlganida ham unga soʻz berilmadi. Natijada deputat vaziyatdan norozi boʻlib, zalni tark etdi.
Deputat bir necha bor kun tartibi bo'yicha so'z so'ragan. Ulug'bek Inoyatov esa buni e'tiborsiz qoldirgan.
"Nima kerak bunday yig'ilish? Hammasi soxta, so'z berilmaydi. Bunday yig'ilishda qatnashgandan qatnashmaganim yaxshi, ketaman", deb zalni tark etgan Kusherbayev.
Avvalroq, Rasul Kusherbayev 2023-yilgi davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun muhokamasi chogʻida spiker oʻrinbosari Ulugʻbek Inoyatov unga ochiqchasiga soʻz bermagani, shu munosabat bilan majlisni tark etishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.
Keyinroq u deputatlik faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling