Xitoydagi iPhone zavodida ommaviy norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda — video

Ishchilar mehnat shartnomalarini buzganliklari uchun g'alayon ko'targan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Xitoyning eng yirik iPhone zavodi xodimlari mehnat shartnomasi buzilgani va COVID-19 ga qarshi cheklovlar tufayli bosh koʻtarishdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, namoyishlar ishchilarning maoshlari berilmagani va karantin joriy qilingani sababli boshlangan. Bundan tashqari karantinga olingan zavod ishchilarining koʻpchiligi oziq-ovqat va dori-darmon yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 1-noyabr kuni ushbu zavodning ayrim ishchilari xavfli vaziyat va ish sharoitlar sababli ommaviy qochish uyushtirgan edi. Shundan soʻng kompaniya yangi xodimlarni ishga olish uchun katta mukofotlar vaʼda qildi.

Biroq, xodimlar bu vaʼdalar bajarilmaganini aytmoqda.

“Ular vaʼda qilingan mukofotni bermaslik uchun shartnomalarni oʻzgartirishdi. Bizni karantinda ushlab turishyapti, lekin oziq-ovqat bilan taʼminlashmayapti. Agar ular bizning talabimizni qondirmasa, kurashni davom ettiramiz”, — deydi ishchilardan biri jonli efirda.

Lavhada soʻzlagan odam politsiya tomonidan bir xodimning qattiq kaltaklanganini koʻrganini taʼkidlagan.

Zavod xodimlaridan birining soʻzlariga koʻra, yangi kelgan ishchilarning baʼzilari COVID infeksiyasi tarqalgan paytda zavodda boʻlgan va karantinga olingan odamlardan kasallik yuqishidan qoʻrqmoqda

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling