Foto: Teznews
Oʻzbekiston boʻylab 27-noyabr kuni 137 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanganlarning:
- 1 nafari Andijon viloyatida;
- 7 nafari Buxoro viloyatida;
- 4 nafari Jizzax viloyatida;
- 12 nafari Namangan viloyatida;
- 15 nafari Samarqand viloyatida;
- 2 nafari Fargʻona viloyatida;
- 1 nafari Xorazm viloyatida;
- 14 nafari Toshkent viloyatida;
- 81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar kunlik soni 129 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling