Foto: Open source
Telegram maʼmuriyati 6-dekakbr kuni SIM-kartasiz akkaunt ochish imkoniyati haqida xabar berdi.
“Telegram orqali muloqot qilganda telefon raqamini begonalardan yashirish imkoni bor edi. Foydalanuvchi uni kimga koʻrsatishni oʻzi hal qilishi va telefon raqami orqali oʻzini topishni taqiqlashi mumkin edi. Endi esa maxfiylikning yangi davri boshlandi. Bundan buyon Telegram akkauntini blokcheyn asosidagi anonim raqamlardan foydalangan holda, SIM-kartasiz roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunday raqamlarni Fragment platformasida xarid qilish mumkin”, deyiladi maʼmuriyat xabarida.
Bitta anonim raqamning narxi 9 TON (hozirgi kurs boʻyicha deyarli 17 dollar) miqdorida belgilangan.
Avvalroq, Telegram'ning yangi versiyasi taqdim etilgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling