Jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar ma'lum qilindi

Meksika va Ukraina — jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar hisoblanadi

Foto: iStock<br>

Foto: iStock

Jurnalistlar uchun dunyo boʻylab eng xavfli mamlakatlar maʼlum qilindi. Bu haqda “Chegarasiz reportyorlar” tashkiloti (RSF) 2022-yil uchun taqdim etgan hisobotida keltirilgan.

Hisobotga koʻra, Meksika va Ukraina — jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlardir.

Qayd etilishicha, Meksika qatorasiga toʻrtinchi yil “eng xavfli mamlakat” boʻlib qolmoqda. Mazkur mamlakatda 2022-yil mobaynidan oʻn bir nafar jurnalist oʻldirib ketilgan. Shuningdek, Ukrainada — sakkiz nafar (mamlakatda davom etayotgan urush tufayli), Gaitida — olti nafar, Braziliyada — uch nafar jurnalist oʻldirilgan.

Tashkilot hisobotiga koʻra, jahon boʻyicha 2022-yilda bevosita kasbiy faoliyati bilan shugʻullanish chogʻida 57 nafar OAV xodimi halok boʻlgan, hozir 65 nafar jurnalist tutqunlikda, 49 nafari bedarak yoʻqolgan.

Avvalroq, 2022-boshidan buyon dunyoda 67 nafar jurnalist hamda OAV xodimlari oʻz vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling