Istanbul-Buxoro yo'nalishida uchgan samolyot Toshkentga qo'ndirildi

Noqulay ob-havo laynerni aerodromga qo'nishiga halaqit bergan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Turkiyaning Istanbul shahridan Buxoroga uchgan TK-266 reysi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi. Bu haqda “Новости Ташкентского Неба”  xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoroda noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgan. Aeroport hududida qalin tuman kuzatilgani sababli reys Toshkentga yo'naltirilgan.

Avvalroq, Moskva-Toshkent yo'nalishida uchgan samolyot favqulodda Navoiyga qo'ndirilgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling