Foto: Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi matbuot xizmati
13-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlar sifati, shu jumladan xonadonlarda issiqlik taʼminoti bilan shaxsan tanishish uchun Uchtepa tumanidagi mahallalardan biriga kirib, u yerdagi ahvolni koʻzdan kechirgani haqida xabar berilgan edi. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining maʼlum qilishicha, tanqidlardan soʻng masʼullar tezkorlik bilan zarur choralarni koʻrmoqda.
Qayd etilishicha, prezidentimizning Uchtepa tumanidagi koʻp qavatli uylar, xususan, “Shirin” mahallasi 26-uyga tashriflari davomida kirish yoʻlaklarini muzlamalardan tozalash, aholiga xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish boʻyicha bildirgan eʼtiroz va tanbehlari yuzasidan masʼullar tezkor choralar koʻrmoqda.
Xabarga koʻra, muz qoplamalarini eritish va uy atrofini tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, respublika miqyosida barcha boshqaruv tashkilotlariga koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklarini qor va muzlardan tozalash, uy atrofining ozodaligiga eʼtibor qaratish hamda aholiga munosib xizmat koʻrsatish boʻyicha tezkor topshiriqlar berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling