Foto: Teznews
Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida erkak xotini bilan janjallashib qolib, unga bolta bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 21-noyabr kuni soat 16:30 larda Buvayda tumani “Turk” mahallasida yashovchi 38 yoshli shaxs xonadonida turmush oʻrtogʻi bilan oilaviy kelishmovchilik sababli oʻzaro janjallashib qolgan. Oqibatda u voyaga yetmagan farzandi koʻz oʻngida xoʻjalik boltasi bilan ayolining bosh sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq, Toshkentda ayoli, o'g'li va yana ikki nafar oila a'zolarini pichoqlagan erkak 17 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling