Kattaqoʻrgʻonda ota va voyaga yetmagan qizi is gazidan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda

Foto: Open source

Foto: Open source

Samarqandning Kattaqoʻrgʻon tumanida oilaning ikki nafar aʼzosi iz gazidan zaharlanib vafot etgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Unga koʻra, Kattaqoʻrgʻon tumanining Qorakoʻlcha mahallasi, Qorakoʻlcha qishlogʻida yashovchi fuqaro va uning voyaga yetmagan farzandining murdasi 30-noyabr kuni soat 09:00 larda, ular yashagan uyning xonasida topilgan. Jasadlarda tashqi koʻrinishidan tan jarohatlari boʻlmagan.

Tuman sud-tibbiy ekspertiza boʻlinmasining 30- noyabrdagi maʼlumotiga koʻra, fuqaro va qizining oʻlimi nomaʼlum etiologikdan zaharlanish natijasida kelib chiqqani koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

Avvalroq, Farg'onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling