Eronda madhiyani aytishdan bosh tortgan qiz politsiya tomonidan kaltaklab, o'ldirilgani aytilmoqda

Qiz hukumatni qo'llab-quvvatlovchi madhiyani kuylashdan bosh tortgani uchun kaltaklangan

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

Eronda 16 yoshli maktab oʻquvchisi Asra Panahi hukumatni qoʻllab-quvvatlovchi madhiyani kuylashdan bosh tortgani uchun xavfsizlik xodimlari tomonidan kaltaklanib, oʻldirildi. Bu haqda "Mirror" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari Shahed qizlar oʻrta maktabiga bostirib kirib, bir guruh oʻquvchi qizlardan Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy madhiyasini kuylashni talab qilgan.

Biroq, ba'zi oʻquvchilar buni kuylashdan bosh tortgan. Shundan soʻng xavfsizlik xodimlari ularni kaltaklagan. Hodisa oqibatida oʻn nafar oʻquvchi kasalxonaga yotqizilgan. Yana bir necha o'quvchilar hibsga olingan.

Kasalxonaga yotqizilganlar orasidan 16 yoshli Asra Pahaniy ismli qiz olgan tan jarohatlari sababli bir kundan soʻng vafot etgan.

Xabarlarga koʻra, Panahining oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng butun mamlakat oʻquvchi qizlari oʻrtasida norozilik namoyishlari keltirib chiqargan.

Ma'lum qilinishicha, Eron rasmiylari qizning oʻlimida davlat amaldorlari aybdor ekanini inkor etmoqda.

Voqeadan soʻng, mamlakatda keng koʻlamli noroziliklar yuzaga kelgach, oʻzini Panahining amakisi deb tanishtirgan erkak davlat telekanallarida uning tugʻma yurak nuqsoni tufayli vafot etganini taʼkidlagan.

Maʼlumot uchun, 16-sentabr kuni Tehronda shariat huquq-tartibot idoralari xodimlaridan iborat maxsus otryad 22 yoshli Mahsa Aminini “noto‘g‘ri hijob kiygani” uchun hibsga olingandan soʻng, politsiya boʻlimida vafot etgan edi.

Mazkur voqeadan soʻng mamlakatda noroziliklar kelib chiqdi. Aholi oʻrtasida turli norozilik namoyishlari oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun, Eron Inson huquqlari guruhining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 17-oktyabr holatiga ko‘ra, namoyishlarda 215 kishi halok bo‘lgan, ulardan 27 nafari bolalar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling