Foto: Teznews
Rasul Kusherbayevning Telegram kanalida ma'lum qilgan, D. Jumayevaning advokati Toshkent shahar sudining rasmiy bayonotida sudlanuvchiga nisbatan tuhmat qilinganligi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga shikoyat kiritilganligi haqida xabar bergan edik.
Xabarda, advokat D. Jumayeva 2022-yil 26-mart kuni sud tomonidan unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish) bilan tayinlangan 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olish jazosini oʻtab, harakati cheklanganligi, shuningdek, sudda bunday koʻrsatma bermaganligi sababli tuhmat uyushtirilgan deb hisoblagan.
Toshkent shahar sudlari ushbu ayblovga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko'ra, bayonotda D. Jumayevaning 2022-yil 26-mart kuni sodir qilmoqchi boʻlgan harakatlariga chek qoʻyilganligi koʻrsatilib, aynan shu kuni ushlanganligi nazarda tutilmagan bo'lgan. Fuqaro Jumayevaning 2022-yil 25-mart kuni ushlanganligini ham inkor etilmagan.
"Advokat esa berilgan axborotni oʻziga qulay tarzda notoʻgʻri talqin qilib, D. Jumayeva 2022-yil 26-mart kuni ushlanishi imkoni yoʻqligi haqida fikr bildirmoqda", deyiladi Toshkent shahar sudlari rasmiy munosabatida.
Bundan tashqari, Jumayeva qo'lga olingan kunda “Oʻzbekiston-Turkiya-Suriya” yoʻnalishi orqali Suriya davlatiga yetib borishi lozim boʻlganligi haqida koʻrsatmalar bergan va ushbu koʻrsatmalar notoʻgʻri ekanligi yoki notoʻgʻri aks ettirilganligi yuzasidan shu paytga qadar hech kim tomonidan eʼtiroz bildirilmaganligi aytilgan.
Shuningdek, apellyatsiya instansiyasi sudi jarayonida sudlanuvchi D. Jumayeva tergov va birinchi bosqich sudida bergan koʻrsatmalarini tasdiqlagan va aybi yoʻqligi haqidagi koʻrsatmalar berib, sudlov hayʼati va protsess ishtirokchilarini chalgʻitishga uringanligi holatiga sudlov hayʼati tegishli baho bergan.
"Eʼtiborli tomoni shundaki, birinchi bosqich sudi jarayonida D. Jumayevaning huquqlarini advokat B. Siddiqov amalga oshirgan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati yangi advokat F. Oʻrunov tomonidan keltirilgan, apellyatsiya instansiyasi sudida esa yana himoyachi almashtirilib, advokat D. Jabbarov qatnashgan", deyiladi rasmiy munosabatda.
Qolaversa, Toshkent shahar sudlari mazkur sud qarorlaridan norozi taraflar Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda Oliy sudga kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqli ekanligini yana bir bor eslatib oʻtgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling