Foto: regnum.ru
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Politico nashri versiyasiga koʻra 2022-yilda Yevropaning eng nufuzli odami deb topildi.
"Yevropalik yetakchilar oʻsha mashhur yashil futbolkasini kiyib olgan 44 yoshli salobatli kishi bilan suratga tushish uchun Kiyevga yugurmoqda. Unga yonma-yon boʻlish orqali siyosatchilar oʻzlarini eʼtiborga tushgan deb hisoblamoqda. Zelenskiy butun Yevropani uning kelajagi Ukrainaga bogʻliqligiga ishontirdi — Rossiyaning fevralda boshlangan bosqiniga qadar bunga koʻpchilik ishonmas edi”, — deyiladi Zelenskiyga bagʻishlangan maqolada.
Maʼlum qilinishicha, Politicoʻning 2022-yilda Yevropaning eng taʼsiri kuchli odamlari reytingiga 28 nafar siyosatchi kirgan. Ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tilga olingan boʻlib, uni nashr “yilning eng omadsiz odami”, — deb eʼlon qildi.
“Vladimir Putinning buyuk Rossiya haqidagi orzusi amalga oshmaydigan koʻrinadi. Uning Ukrainaga keng koʻlamli bosqini qanday boshlangan boʻlsa, shunday tezlikda parchalanishni boshladi… Bu Rossiyani past baho bergan va nafratlangan raqibni magʻlub eta olmagan uchinchi darajali mamlakat mavqeyiga tushirib qoʻydi. Putinning oʻjarligi urush choʻzilishini anglatadi… Putin oʻz orzusini amalga oshira olmagani, u oʻz qoʻshnilariga boshqa muammo tugʻdirmasligini anglatmaydi”, — deb yozadi Politico mualliflari.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning Time jurnali va Britaniyaning Financial Times gazetalari tomonidan ham yil odami deb eʼlon qilingani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling