Foto: Tengrinews
Hindistonda Gujarat shtatida piyodalar koʻprigining qulashi ortidan toʻqqiz kishini, jumladan, chipta sotuvchi va pudratchilarni hibsga olindi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari videokuzatuv kameralaridagi tasvirlarni koʻzdan kechirib, bir guruh yoshlar koʻprikni u yoqdan bu yoqqa tebratayotganini payqashgan.
Jabrlanuvchilardan biri Ashvin Mehra ham koʻprikda uni silkitishga uringan odamlar borligini aytgan.
“Koʻprikda uni tebratishga uringan 20-25 yoshlardagi 15-20 ga yaqin yigitlar bor edi. Biz uch marta qandaydir tovushlarni eshitdik, oltinchi marta koʻprik kabeli toʻsatdan uzilib ketdi”, – deydi u.
Politsiyaning yuqori martabali mulozimiga koʻra, toʻqqiz kishi, jumladan boshqaruv xodimlari, kassirlar va uch qoʻriqchi koʻprikdagi olomonni nazorat qila olmagani uchun hibsga olingan. Qoʻlga olinganlar orasida obyektni taʼmirlash uchun shartnoma olgan ikki kishi ham bor. Uning qoʻshimcha qilishicha, yana koʻproq odamlar hibsga olinishi mumkin.
Mahalliy rasmiylar koʻprik uchun masʼul kompaniya ularga taʼmirdan soʻng qayta ochilishi haqida xabar bermaganini, jamoat foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisida hech qanday sertifikat berilmaganini qoʻshimcha taʼkidlagan.
Avvalroq, 30-oktabr kuni Hindistonning Gujarat shtatining Morbi shahri yaqinida Machchhu daryosi ustidagi osma koʻprik odamlar bilan birga qulab tushgani haqida xabar berilgan edi. 19-asrda qurilgan koʻprik yetti oylik taʼmirdan soʻng bir necha kun oldin ochilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling