Jurnalistga qo'pollik qilgan Uchtepa hokimligi matbuot kotibiga chora ko'rildi

Matbuot xizmati jurnalistni “xalq gʻazabini qoʻzgʻatishni bas qilish”ga chaqirgan

Foto: Daryo<br>

Foto: Daryo

Jurnalist Aziza Qurbonova Facebookʼdagi sahifasida oʻzi yashaydigan Uchtepa tumanidagi mahallada gaz bosimining pastligi haqidagi post qoldirgan edi. Ushbu postga nisbatan javob tariqasida hokimlik matbuot xizmati “xalq gʻazabini qoʻzgʻatishni bas qilish”ga chaqirib izoh yozgan edi. Uchtepa hokimligi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur holat yuzasidan, tuman hokimligining Tashkiliy kadrlar guruhi tomonidan oʻrganish oʻtkazilgan. Natijada haqiqatdan ham tuman hokimligining rasmiy sahifasi orqali tuman hokimligi matbuot kotibi tomonidan his hayajonga berilib, yozgan fikrlari tanqid qilingan.

Maʼlum qilinishicha, tuman hokimligi Matbuot kotibining sohaga qoʻshgan hissasi va tumandagi boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarni tezkorlik bilan yoritishi va bir necha respublika va xalqaro tanlovlarda eʼtirof etilgan. Qolaversa bunday eʼtirozli holatlarga muqaddam yoʻl qoʻyilmaganligi va koʻp yillik tajribasi inobatga olinib, tuman hokimi tomonidan unga ogohlantirish berilgan.

Shuningdek, matbuot kotibining bundan keyingi faoliyatida tuman hokimligi nomidan bildirayotgan fikrlarida jurnalastik etikasiga rioya etishi tushuntirilgan.

“Tuman hokimligi jurnalistlar uchun har doim ochiq va shaffof ekanligini va muammoli vaziyatlarda tezkor munosabat bildirishini yana bir bor maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling