Bayden Putin bilan Ukraina bo'yicha muzokaralar o'tkazishning asosiy shartini aytdi

Amerika rahbarining ta'kidlashicha, suhbat NATO ittifoqchilari bilan maslahatlashganidan keyingina mumkin

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bayden faqatgina Putin Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini tugatish boʻyicha tashabbus bilan chiqsa, u bilan muzokara olib borishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda "RBC" xabar bermoqda.

Agar haqiqatan ham urushni tugatishdan manfaatdor bo‘lsa, janob Putin bilan gaplashishga tayyorman. Biroq, u hali buni qilmagan”,  dedi Amerika rahbari.

Shu bilan birga, Baydenning aniqlik kiritishicha, suhbat NATO ittifoqchilari bilan maslahatlashganidan keyingina mumkin.

Avvalroq, Bayden Putin "Rossiyani Kiyevda ona yurtiga mulozamat koʻrsatgandek quchoq ochib kutib olishadi", deb o'ylagani haqida fikr bildirgan edi. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling