Navoiy viloyatida itni otib oʻldirgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda “Novosti - Petitsiya” Telegram kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir nechta guvohlar sud jarayonida itning tajovuzkor ekanligini, bu it bir nechta shaxlarning qoʻylarini tishlagani haqida maʼlum qilgan.
Sud qaroriga koʻra, ayblanuvchiga BHM ning bir baravari (300 ming soʻm) miqdorda maʼmuriy jazo tayinlangan.
Avvalroq, Navoiy viloyati “Navoiy Azot” hududida mashinada kelgan shaxs shu yerda yurgan hech kimga tashlanmayotgan itni bir necha marotaba otib uni oʻldirgani haqida xabar berilgan edi.