Toshkentdagi “Ilhom” teatrida nima sababdan yong'in sodir bo'lgani ma'lum bo'ldi

Yong'inga qisqa tutashuv sabab bo'lgan

Foto: Facebook

Foto: Facebook

12-dekabr kuni poytaxtdagi “Ilhom” teatrida roʻy bergan yongʻinga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab boʻlgan. Yongʻin xavfsizligi organlari dastlabki ekspertiza natijalariga koʻra shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi teatr.

Ekspertiza natijalari boʻyicha dalolatnoma yangi yildan keyin taqdim etiladi, teatr maʼmuriyati hujjatni eʼlon qilinishini bildirdi.

Hozirda “Ilhom” zarar koʻrgan koʻrgazma zalini tartibga keltirmoqda, deyiladi xabarda.

“Yaqin kunlarda tiklash-taʼmirlash ishlarini boshlashni rejalashtirganmiz. Biz yetgan zararning qiymatini hisoblaymiz”, — deya taʼkidladi teatr.

Eslatib oʻtamiz, yongʻin oqibatida teatrning koʻrgazma zali joylashgan xollining 80 kvadrat metr maydoni zarar koʻrgan edi. Oʻt oʻchiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida binoning 600 kvadrat metr maydon saqlab qolindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling