Foto: Nasafnews
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Uzun qishlogʻida 22-noyabr kuni oʻtgan markaziy yoʻlda piyodalar oʻtish yoʻlidan oʻtayotgan toʻqqiz yoshli qizcha “KamAZ bosib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat IIB matbuot xizmati haydovchi qamoqqa olinganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 22-noyabr soat taxminan 12:30 larda “KamAZ” rusumli avtotransport vositasida A-378 Samarqand—Gʻuzor avtomobil yoʻlidan Gʻuzor tumani tomon harakatlanib ketayotgan haydovchi, Qamashi tumani “Uzun” MFY hududining 124 kilometriga kelganda piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan toʻqqiz yoshli qizchani urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan piyoda ogʻir tan jarohati olib vafot etgan.
Haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan va jinoyat ishlari boʻyicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling