Toshkentda elektr energiyasini tejash uchun joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi

Toshkent shahridagi mavjud koʻcha chiroqlari, illyuminatsiya chiroqlari 100 foiz yoqiladi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Avvalroq, Toshkentda behuda yonayotgan koʻcha chiroqlari va reklama illyuminatsiyalari toʻliq oʻchirilishi rejalashtirilgani, bu orqali elektr energiyasi tejalishi haqida xabar bergandik.

“Toshkentshahar”DUK Matbuot xizmatining xabariga koʻra, Toshkent shahar hokimligining topshirigʻiga asosan,13-dekabr soat 17:00 dan Toshkent shahrining markaziy, tuman ahamiyatidagi va mahallalar, mavzelar hamda dahalarining ichki koʻchalarda elektr energiyasini tejash maqsadida joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

"Toshkent shahridagi mavjud koʻcha chiroqlari, illyuminatsiya chiroqlari 100 foiz yoqiladi", deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling