Foto: Tash mehnat migratsiyasi matbuot xizmati
Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Ukraina oʻrtasidagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.
“Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi daʼvatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.
Avvalroq, Moskvadagi jamoat transportida odamlarni Rossiya armiyasiga yollanish uchun oʻzbek tilida eʼlon berilgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling