Samarqandda janjallashgan avtobus haydovchilari va konduktorlarga nisbatan chora ko'rildi

Janjal yo'lovchi olish masalasidagi tortishuv natijasida yuzaga kelgan

Avvalroq, Samarqad shahrida avtobus haydovchilari va konduktorlar o'rtasida o'zaro janjal sodir bo'lgani, oqibatda janjal ishtirokchilari bir-biriga tan jarohati yetkazgani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat IIB ning ma'lum qilishicha, Samarqand shahrida yo'nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchilari va konduktorlari o'rtasida sodir bo'lgan janjal ishtirokchilarining har biriga nisbatan 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, yuzaga kelgan o'zaro janjal yo'lovchi olish bo'yicha tortishuv natijasida sodir bo'lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling