Qo'qon IIBning ikki xodimi 15 yoshli o'smirning o'limi tufayli ishdan bo'shatildi

Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan rasmiy tekshiruv oʻtkazilmoqda

Foto: Xabar.uz<br>

Foto: Xabar.uz

15 yoshli oʻsmirning oʻlimidan soʻng, Qoʻqon IIBning ikki xodimi ishdan boʻshatildi. Bu haqda Fargʻona viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oʻsmirlarni qarovsiz qoldirib, kaltaklashning oldini olmagani uchun voqea sodir boʻlgan kuni xizmatda boʻlgan ikki nafar ichki ishlar xodimi ishdan boʻshatilgan. Shuningdek, yigʻilgan hujjatlar sud muhokamasi uchun viloyat prokuraturasiga oʻtkazilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan rasmiy tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 15 yoshli voyaga yetmagan shaxs Fargʻona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqida xabar berilgan edi. Maʼlum qilinishicha, oʻsmir yigit ikki nafar voyaga yetmagan shaxslar kaltaklashi oqibatida vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling