Moskvada onasini ko'z o'ngida qizchasini olib qochmoqchi bo'lgan o'zbekistonlik ayol qo'lga olindi

Ayolga besh yildan o'n ikki yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Avvalroq Moskvada o'zbekistonlik ayol besh yoshli qizaloqni onasining ko'z o'ngida o'g'irlamoqchi bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

Ma'lum qilinishicha, mahalliy politsiya ushbu o'g'irlikda gumon qilinayotgan ayolni qo'lga olgan.

Qizaloq oilasining advokati Konstantin Eroxinning so'zlariga ko'ra, ayolga jinoiy ish qo'zg'atilgan. Unga besh yildan o'n ikki yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 19-avgust kuni o'zbekistonlik ayol besh yoshli qizchaning qo'lidan yetaklab, bolalar maydonchasidan olib ketishga uringan. Qizchaning onasi buni payqab qolgan va darxol ayolga yetib olib, qizchani tortib olgan. Bu orada atrofga odamlar yig'ilgan. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan va mojaroni bartaraf etishga uringan. Ammo gumonlanuvchini hibsga olmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling