Toshkentdan shaharlararo avtobuslar harakati tiklandi

Ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati toʻxtab qolmasligi uchun barcha choralar koʻrilmoqda

Foto: Transport vazirligi<br>

Foto: Transport vazirligi

Toshkentdan shaharlararo avtobuslar harakati tiklandi, ayni damda ular belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati toʻxtab qolmasligi uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Avtobuslar qatnovi harakat jadvali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kundalik berib boriladi.

15:00 Toshkent – Urganch chipta narxi 155 000 soʻm;

16:00 Toshkent – Qorakoʻl 95 000 soʻm;

17:00 Toshkent – Uzun 135 000 soʻm;

18:00 Toshkent – Buxoro 89 000 soʻm;

18:00 Toshkent – Termiz 119 000 soʻm;

18:30 Toshkent – Xiva 155 000 soʻm;

18:30 Toshkent – Denov 125 000 soʻm;

19:00 Toshkent – Termiz 119 000 soʻm;

19:30 Toshkent – Buxoro 89 000 soʻm;

20:30 Toshkent – Buxoro 89 000 soʻm;

Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.

Avvalroq, Toshkentdan qatnaydigan shaharlararo avtobuslarning qatnovi noqulay ob-havo sababli vaqtincha bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar