Foto: Kun.uz
Rossiyaning Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalarga oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishiga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Vernadskiy nomidagi Qrim federal universitetining uchinchi kursida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik bir guruh talabalarning Shavkat Mirziyoyevga yoʻllagan videomurojaati tarqalgan edi. Ular murojaatda oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.
Qayd etilishicha, Prezident topshirigʻiga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik fuqarolarning oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling