Foto: Satrwalk
2022-yil 8-noyabr kuni Oy toʻliq tutilishi hodisadi yuz beradi. Bunda Oy qizil tusga kiradi. Bu haqda Satrwalk xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oyning bu koʻrinishga kelishi — Qizil Oy yoki Olovli Oy deb ataladi. Bu hodisa yer Quyosh va Oy oraligʻidan oʻtayotganida Yerning soyasi Oyni toʻsib qoʻyganida yuz beradi.
Oy tutilishi hodisasini Yer sharining shu vaqtida tun boʻlgan mamlakatlaridagina koʻrish mumkin. Bu hodisa uch bosqichda boʻlib oʻtadi. Ular: Oyning yarim, qisman va toʻliq tutilishi bosqichlaridir.
Oy tutilishi 3 soat 40 daqiqa davom etadi. Oyning toʻliq tutilishi esa 1 soat 25 daqiqa davom etishi kutilmoqda.
Oʻzbekistonda bu hodisa Toshkent vaqti bilan 13:02 atrofida, uning toʻliq tutilishi esa 15:16 da kuzatilishi kutilmoqda. Oyning bu koʻrinishlarini Oʻzbekiston aholisi koʻra olmaydi. Lekin, toʻliq Oy tutilishi 16:41 da yakunlanib, uning qisman tutilish bosqichi boshlanganida buni oʻzbekistonliklar ham kuzatishi mumkin boʻladi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oyning qisman tutilish bosqichi 17:49 gacha, yarim tutilish bosqichi esa 18:56 gacha davom etishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning 25-oktyabr kuni quyosh tutilishi hodisasi sodir boʻlgan edi. Hodisa Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlangan boʻlib, maksimal fazasi 16:34 ga toʻgʻri kelgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling