Foto: Interfaks
10-oktabr kuni AQSHdagi eng yirik aeroportlarning ba’zilariga xakerlar hujum uyushtirdi. Bu haqda “Interfaks" xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, aeroportlarga nisbatan birinchi kiberhujum Nyu-Yorkdagi LaGuardia aeroportida qayd etilgan.
Keyinroq mutaxassislar Los-Anjeles xalqaro aeroporti va Chikagodagi O’Xara xalqaro aeroporti saytlarida ham nosozliklarni qayd etgan.
Qayd etilishicha, hujumlar tufayli, aeroportlarda gavjumlik va kutish vaqti haqida axborot beruvchi saytlar faoliyati buzilgan. Biroq xakerlarning xatti-harakatlari havo harakati boshqaruvi, transport xavfsizligi va samolyotlar bilan aloqa liniyalariga ta’sir o‘tkazmagan.
Maʼlumotlarga koʻra, 14 ta aeroportlar saytlarining ishdan chiqishiga Killnet xakerlar guruhi sababchidir.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning Killnet xakerlar guruhi AQShning bir qator shtatlari hukumat saytlarini buzib kirgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling