Toshkentda sodir bo'lgan avariya oqibatida bir kishi vafot etdi

Haydovchilar va uch nafar yoʻlovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

Foto: IIB YHXB matbuot xizmati<br>

Foto: IIB YHXB matbuot xizmati

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 7-noyabr kuni taxminan 19:30 atrofida Muquqmiy koʻchasida sodir boʻlgan. Unga koʻra, 23 yoshli fuqaro boshqaruvida boʻlgan Nexia-2 rusumli avtomashinasi va 18 yoshli fuqaro boshqarib kelayotgan Lacetti mashinalari toʻqnashib ketgan.

Foto:  IIB YHXB matbuot xizmati

Foto: IIB YHXB matbuot xizmati

Sodir boʻlgan YTH oqibatida Nexia-2 mashinasidagi 24 yoshli yoʻlovchi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lacetti va Nexia-2 mashinalari haydovchilari hamda 27 yoshli, 26-yoshli va 21 yoshli uch nafar yoʻlovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentning Yunosobod tumanida Lexus va Captiva toʻqnashuvi oqibatida Captiva yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling