O'zbekiston TIV Afg'onistondagi tunnelda chiqqan yong'in yuzasidan bayonot berdi

Vazirlik halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Foto: Aamaj news

Foto: Aamaj news

Afgʻonistonning Parvon viloyatida joylashgan Salang tunnelida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 19 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur hodisa oqibatida halok boʻlganlar soni 31 kishiga yetdi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qildi.

“Afgʻonistonning “Salang” tunnelida yoqilgʻi tashuvchi avtomashinaning portlashi oqibatida koʻplab qurbonlar boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.

Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi xabarda.

Foto: Aamaj news

Foto: Aamaj news

Maʼlumot uchun, 17-dekabr kuni yuz bergan va hozirgacha toʻliq bartaraf etilmagan. Xabarga koʻra, Bagʻlondan Kobulga ketayotgan neft tankeri Salang tunnelidan 50 metr uzoqlikda yerga agʻdarilib ketgan.

Shundan soʻng, unda yongʻin yuzaga kelgan. Shuningdek, mazkur yongʻin neft tankeridan koʻmir olib ketayotgan ikkita yuk mashinasiga, keyin esa yana 12 ta mashinaga oʻtgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 32 kishi jarohatlangan edi. Soʻnggi xabarlarga koʻra, 31 kishi halok boʻlgani va 37 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Hozirda mazkur holat rasmiylar tomonidan oʻrganilmoqda. Xabarga koʻra, statistik maʼlumotlar oʻzgarmoqda va halok boʻlganlar soni ortishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling