To'qayev Qozog'istonda yangi davr boshlanganini e'lon qildi

U fuqarolar farovonligini oshirishga va'da bergan

Foto: Kaztag.info

Foto: Kaztag.info

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongani haqidagi natijalar eʼlon qilinganidan keyin  nutq so'zladi. Davlar rahbari o'z nutqida mamlakat iqtisodiyotida tub oʻzgarishlar boʻlishini vaʼda qildi.

To'qayevning aytishicha, u va uning jamoasi fuqarolar farovonligini oshiradi. Biroq, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatga birdamlik kerak.

“Iqtisodiyotda keskin oʻzgarishlar roʻy beradi. Fuqarolar farovonligini yaxshilaymiz. Bu maqsadlarning barchasini hayotga tatbiq etish uchun bizga hamjihatlik kerak. Shu bois barchangizni hamjihatlikka chaqiraman”, – deydi Toʻqayev.

Bundan tashqari, Toʻqayev Qozogʻistonda yangi siyosiy davr boshlanganligini taʼkidladi.

“Prezidentlik saylovi yangi siyosiy davrni ochadi va kelajakda hokimiyatning barcha asosiy institutlari isloh qilinadi” deya qo'shimcha qilgan davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Toʻqayev navbatdan tashqari saylovlarda 80 foizdan ortiq natija bilan gʻalaba qozondi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling