Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan madaniyat uyi “Havas” supermarketiga ijaraga berilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu bino madaniy meros obekti sifatida qayd etilmagan. Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli boʻlgan “Bekobod sement madaniyat uyi” Vazirlar Mahkamasi qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olinmagan.
“Madaniy meros agentligi oʻz tizimidagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, viloyatimizdagi madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling