Foto: Bosh prokratura
Avvalroq, Buxoro viloyatida 38 yoshli ayol o'zini poyezd tagiga tashlab, halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi. "Zamon.uz" informatsion ko'rsatuvining muhbirlari marhuma istiqomat qilgan mahallaning raisi va mas'ullari bilan suhbat o'rkazib, holat bo'yicha qo'shimcha ma'lumot oldi.
Xabar qilinishicha, 26-sentyabr kuni soat 06:00 da Xo'jadavlat—Buxoro-1 yo'nalishidagi poyezd 43-RZD va "Murgak" temir yo'l bekatlari oralig'ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o'z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o'zini tashlagan. Shundan so'ng, ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ayol istiqomat qilgan mahalla raisining so'zlariga ko'ra, uning oilasi tartib, intizomli oila hisoblanadi. Ularning oilasida hech qanday nizoli holatlar kuzatilmagan. Shuningdek, moddiy va ma'naviy taraflama ham hech qanday yetishmovchilik bo'lmagan.
"Qo'ni-qo'shnilar orasida ham obro-e'tiborga ega ayol edi", — deydi mahalla raisi.
Uning qo'shimcha qilishicha, so'nggi vaqtlarda marhuma ayolning ruhiy holatida biroz o'zgarishlar kuzatilgan.
Ma'lum qilinishicha, yigirma kunlar oldin marhuma tuman markaziy shifoxonasida ruhiy holat bo'yicha ro'yxatdan o'tgan. Shifokorlar unga yotib davolanishni tavsiya qilgan. Ammo u shifxonada qolishni istamay, singlisining uyida davolanishni boshlagan.
Ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi vaqtga mazkur holat yuzasidan viloyat transport prokraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro transport prokraturasi tergovchisi Feruz Jo'rayevning ma'lum qilishicha, marhuma ayol 1972-yilda tug'ilgan bo'lib, uning uch nafar farzandi bor.
Avvalroq, bosh prokratura marhumani 38 yoshda bo'lganini ta'kidlagan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling