Foto: Tez News
Oʻzbekistonda 8-dekabr holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 9 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Fargʻona viloyatida,
- 21 nafari Toshkent viloyatida,
- 66 nafari Toshkent shahrida.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 7-dekabr kuni holatiga koʻra 135 nafar, 6-dekabr holatiga koʻra 157 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling