Qashqadaryoda katta miqdordagi pirotexnika vositalari noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi

Mazkur vositalar shirinliklar ortiga yashirilgan

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida katta miqdordagi pirotexnika vositalari noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qarshi shahar hududida xizmat olib borayotgan YPX va boshqa sohaviy xizmat xodimlari hamkorligidagi tekshiruvlar davomida haydovchi boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomobili toʻxtatilgan.

Mazkur avtomashina xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yukxonasida shirinliklar ortiga yashirilgan, qiymati 114 million 240 ming soʻmlik jami 403 200 dona pirotexnika vositalarini qonunga zid ravishda olib ketayotganlik holati aniqlandi.

Hozirda mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryoda noqonuniy pirotexnika vositalari sotmoqchi bo'lganlar ushlangani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling