Foto: YHXB IIBB
Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi rahbari Mashrab Razzoqov O‘zbekistonda 19 ta xavfli yo‘l uchastkasi mavjudligini ma’lum qildi.
Markaz rahbarining tushuntirishicha, yo‘lning bir qismi bir kilometrda ikki yoki undan ortiq baxtsiz hodisa sodir bo‘lsa, xavfli hisoblanadi.
Razzoqov bir nechta shunday "o'choqlarni" sanab o'tdi:
- Andijon viloyati, Asaka tumani, Beruniy mahallasi, yo'nalishning Farg‘ona tomon 112- km qismi;
- Buxoro shahri, Chiboy mahallasi, 'G‘uzor-Buxoro-Nukus" avtomobil yo‘lining 218-km qismi;
- Buxoro tumani, Bog‘ikalon mahallasi, "Turkmanboshi-Samarqand" avtomobil yo‘lining 253-km qismi;
- Sharof Rashidov tumani, Kuyovboshi mahallasi, “Jizzax-Forish” avtomobil yoʻlining 8- km qismi;
- Jizzax, Uchtepa shahri, 17-km;
- Qarshi shahri, Shayxali mahallasi, “G‘uzor-Nukus-Denov” avtomobil yo‘lining 62-km qismi;
- Navoiy viloyati, Karmanin tumani, “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 163-km qismi;
- Sirdaryo tumani, Baxt shahri, “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 44-km.
- Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Qo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inining "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz" aylanma yo‘lidagi uchastkasi;
- Chinoz tumani, m39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yoʻli boʻylab uchastkasi;
- Qoraqalpog‘iston, Chimboy, "Nukus-Chimboy" avtomobil yo‘lining 6-km;
- Kegeyli tumani, Kushungul mahallasi "Chimboy — Taxtakoʻprik" avtomobil yoʻli boʻylab 42-km'ida avariya holatlari ko'plab kuzatilishi ma'lum qilingan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda 2022-yilning o'tgan vaqti davomida jami 6449 ta YTH sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling