Erondagi ommaviy namoyishlar chog‘ida 300 dan ortiq odam halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Tartibsizliklar sabab 18 mingdan ko'proq odam hibsga olingan

Foto: Lassilarota.com

Foto: Lassilarota.com

Eronda ommaviy namoyishlar chog‘ida 300 dan ortiq odam, jumladan xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘ldi. Bu haqda "Associated Press" xabar bermoqda.

Islom inqilobi posbonlari korpusi qo‘mondonlaridan biri Amir Ali Gajizodaning ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 300 dan ortiq odam o‘ldirilgan. Ular orasida xavfsizlik kuchlari xodimlari ham bor. Qurbonlarning ko‘pchiligi noroziliklarda qatnashmagan oddiy eronliklardan iborat.

Ayni vaqtda, “Eron huquq himoyachilari” tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklarda 451 nafar namoyishchi va 60 nafar xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘lgan. 18 mingdan ziyod kishi hibsga olingan.

Eronda norozilik namoyishlari Maxa Amini o‘limidan so‘ng boshlandi, u axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan va noto‘g‘ri hijob kiygani uchun kaltaklangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling