Rasul Kusherbayev bloger Olimjon Haydarovning jarimaga tortilishi yuzasidan munosabat bildirdi

Deputat Oliy suddan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibi qanday boʻlishi haqida soʻragan

Foto: Vzglyad.uz<br>

Foto: Vzglyad.uz

Fargʻonadagi zavodning gazdan uzilishiga norozilik bildirgan ishchilar haqidagi videolarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan bloger Olimjon Haydarov 21 mln soʻm jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi. Sudning mazkur qarori yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Sud fuqaro, bloger Olimjon Haydarovni “yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibi”ni buzgan, deb topib, buning uchun unga jazo belgilagan.

“Shaxsan men shu kunga qadar “yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibi”ni koʻrmadim ham oʻqimadim ham. Qidirib ham topolmayapman. Ichki ishlar vazirligi masʼullaridan ham soʻradim, yoʻq ekan.

Suddan iltimos qilamiz: boshqalar ham tartibni buzib qoʻymasligi uchun oʻsha oʻzlariga maʼlum “yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibi”ni bizlarga ham maʼlum qilib, tushuntirib berishsin.

Agarki tartibni buzgan, deb topibdimi, demak bu tartib sudga maʼlum”, — deb yozadi deputat.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling