Foto: Telegram
Toshkent viloyati Angren shahrida suv isteʼmolidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Angren shahar boʻlimining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruvda ushbu boʻlimning isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish va suv sotish boʻlimi nazoratchilari aholidan suv isteʼmoli uchun jami 153,5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan yigʻib olib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahrida ichimlik suvi ta'minoti tizimini yaxshilashga salkam 220 mln yevro sarflanishi haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling