Toshkent ko'chalaridan biri 20 kunga yopildi

Mazkur koʻchada taʼmirlash ishlari olib boriladi

Foto: Daryo<br>

Foto: Daryo

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan koʻchalardan biri vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 16-noyabr sanasidan boshlab 20 kun muddatga Chilonzor tumani “Bektoʻpi” mahallasi hududidagi “Diydor” koʻchasining 600 metrlik qismida yoʻl yopilgan.

“Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq, yugurish marafonlari oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrining ayrim koʻchalarida harakat cheklanishi haqida xabar berilgan edi

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling