Foto: Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov oʻzining Twitterʻdagi rasmiy sahifasida korrupsionerlarni “tarakan” bilan tenglashtirib tvit yozdi.
“Korrupsionerlar ”tarakan“ga oʻxshaydi”: ular oʻz ishlarini oziq-ovqat koʻp boʻlgan hamda kamdan-kam tozalanadigan joydan boshlashadi", — deb yozgan Akmal Burxonov.
Avvalroq, O'zbekistonda jami 1378 nafar davlat xizmatchilari (138 nafari hokim va hokim oʻrinbosarlari, 148 nafari davlat banklari boshqaruvchisi va ularning oʻrinbosarlari, 1092 nafari hokim yordamchilari) davlat xizmati bilan birga (rahbar yoki taʼsischi sifatida) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling