Foto: T.me/saida_mirziyoyeva
Oʻzbekistonda oʻqituvchilarning qonuniy huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
Uning taʼkidlashicha, oʻqituvchilarga vazifasidan tashqari qoʻshimcha ishlarni yuklaydiganlarni maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti.
“Afsuski, farzandlarimizga taʼlim berayotgan oʻqituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz boʻldi. Ulardan bogʻbon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat koʻrsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda boʻsh zallarni toʻldiruvchi ʻmassovkaʻ, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi”, — deydi u.
Saida Mirziyoyeva bu ishlarni toʻxtatish vaqti kelganini sababi oʻqituvchilar qadri koʻtarilmas ekan, hech narsaga erishib boʻlmasligini taʼkidlagan.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva oʻqituvchilar zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklashni toʻxtatishni soʻragani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling