Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ta'ziya yo'lladi

Istanbuldagi terakt oqibatida 53 kishi yaralanib, 6 kishi halok bo'lgan

Foto: Prezident matbuot hizmati

Foto: Prezident matbuot hizmati

Turkiyaning Istanbul shahrida sayyohlar orasida mashhur boʻlgan Istiqlol koʻchasida portlash sodir boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabat berishicha, Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan portlash oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan prezident Rejep Tayyip Erdogʻanga taʼziya yoʻlladi.

“Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Istanbuldagi terakt oqibatida 53 kishi yaralanib, 6 kishi halok bo'lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling