Toshkentdagi IT-Park binolaridan birining tomida yong'in chiqdi — video

Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Videodan lavha

Videodan lavha

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-Park osmono‘par binolaridan birining tomi yonib ketdi. Voqea joyiga o‘t o‘chirish mashinalari yetib borgan.

Ushbu yong‘in yuzasidan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Ma'lum qilinishicha, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 11:25 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 24-qavatli qurilishi tugallanmagan “IT” park binosining 21-qavatida taxminan 5 kv.m. maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong‘in qo‘shni binolarga zarar yetkazmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Andijondagi ko'p qavatli binolardan birida kuchli yong'in kelib chiqqani haqida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar