Toshkentda oktyabr oyida uy-joy ijarasi narxi 51 foizga qimmatlashgan

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yaʼni yillik nisbatda oʻrtacha 24,2 foizga oshgan

Foto: Gazeta.uz<br>

Foto: Gazeta.uz

2022-yilning oktyabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 16,1 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Bunda eng yuqori oʻsish Toshkent shahrida 51,6 foiz qayd etilgan boʻlsa, eng past oʻsish 11 foiz bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, uy-joy ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 20,9 foizga oshgani kuzatilgan. Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari 2021-yilning mos davriga nisbatan yaʼni yillik nisbatda oʻrtacha 24,2 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq poytaxtda uy-ijara narxlari oʻrtacha 1 mln soʻmni tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling