Foto: Repost.uz
Samarqand aeroporti noqulay ob-havo tufayli samolyotlar parvozi uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Telegramʻdagi “Novosti Tashkentkogo neba” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroporti aerodromini qoplab olgan qalin qor aviaparvozlar uchishi-qoʻnishi yoʻlagi holati vaqtincha yopilishiga olib kelgan.
Shuning uchun "Aeroflot Airlines" aviakompaniyasining Moskva—Samarqand, "Turkish Airlines" aviakompaniyasining Istanbul—Samarqand yoʻnalishidagi samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportiga yoʻnaltirilgan.
Avvalroq, Fargʻona aeroportida noqulay ob-havo tufayli Moskvadan uchgan samolyot Namanganga qoʻnishga majbur boʻlgani xabar qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling