Foto: Gazeta.uz
Moskvada qisman safarbarlik yakunlandi. Bu haqda "Kommersant" nashri shahar meri Sergey Sobyaninning so'zlariga tayanib xabar bermoqda.
"Safarbarlik jarayonida yashash joyi va korxonalarga yuborilgan chaqiruv qog‘ozlari o‘z kuchini yo‘qotadi", — deb yozadi mer o‘zining blogiga. Shuningdek, u moskvaliklar xizmat qilayotgan viloyatlar rahbariyati bilan birgalikda «harbiy qismlarda hayotni yaxshilashga yordam berish»ni va’da qilgan.
Ma'lumot uchun, Rossiyada 21-sentabrdan boshlab Vladimir Putin farmoni bilan qisman safarbarlik e’lon qilingan edi. Safarbarlikka jalb etilgan moskvaliklarning har biriga qo'shimchga 50 ming rubldan haq to'lanadi.
Shu bilan birga, Sergey Sobyanin, safarbarlikka jalb etilgan fuqarolarning oilalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni jalb etgan. Xususan, ularning bolalari maktablarda ikki mahal bepul ovqatlanadi, butun oilaga psixologik yordam ko‘rsatilishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, safarbarlikka jalb etilganlarning qarindoshlari ularga to‘lanayotgan pullarni olishi mumkin.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, Rossiya boʻylab 300 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilishi rejalashtirilgan. Moskva va Moskva viloyatida harbiy xizmatga chaqirilganlar soni noma'lum.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin safarbarlik ikki hafta ichida yakunlanishini aytgan edi.