Putin Rossiyada safarbarlik qachon yakunlanishini ma'lum qildi

Ma'lum qilinisbhicha, qisman safarbarlik faoliyati ikki hafta ichida yakunlanadi

Rossiyadagi qisman safarbarlik faoliyati ikki hafta ichida yakunlanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 222 ming kishi safarbar qilingan, ulardan 33 ming nafari bo‘linmalarda, 16 ming nafari jangovar topshiriqlarni bajarmoqda.

Putin shuningdek, “yaqin kelajakda” safarbarlik ko‘lamini kengaytirishga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

Prezident safarbarlik e’lon qilinganini Ukraina qo‘shinlari bilan to‘qnashuv chizig‘i 1,1 ming kilometrni tashkil etishi va “uni faqat shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga olingan askarlar ko‘magida himoya qilishning iloji yo‘qligi” bilan izohlagan.

“Qo'shimcha hech narsa rejalashtirilmagan. Mudofaa vazirligidan bu borada hech qanday taklif kelib tushmadi va yaqin kelajakda men hech qanday zarurat ko‘rmayapman”, — deydi Putin.

Ma'lumot uchun,Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 21-sentabr kuni qisman safarbarlik eʼlon qilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling