Foto: SSV
Oʻzbekistonga yana 2,3 mlndan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2-dekabr kuni tunda Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi emlash uchun yana 2 308 410 doza Pfizer vaksinasi olib kelingan.
Bu bir hafta ichida Oʻzbekistonga olib kelingan Pfizer vaksinasining uchinchi partiyasi hisoblanadi. Bundan avval 28-noyabr kuni ushbu vaksinaning 142 740 dozalik va 549 900 dozalik ikki partiyasi yetib kelgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling